Shavkat Mirziyoyev referendumda ovoz berdi

0
121
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 aprel kuni oila aʼzolari bilan birga Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumanidagi 59-referendum uchastkasiga tashrif buyurib, referendumda ovoz berdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Referendumda “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi konstitutsiyaviy qonun loyihasi ovozga qoʻyilgan. Maʼlumki, bu jarayonga bir yarim yil mobaynida puxta tayyorgarlik koʻrildi. Konstitutsiyaviy qonun loyihasi ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinib, xalqning fikri oʻrganildi. Jamoatchilik tomonidan 220 mingdan ziyod takliflar kelib tushdi. Ularning har toʻrttasidan bittasi loyihadan joy oldi.

Ushbu takliflar asosida yangilanayotgan Konstitutsiya moddalari soni amaldagi 128 tadan 155 taga, normalari 275 tadan 434 taga oshdi. Yaʼni, Asosiy qonunimizning 65 foiz matni xalqimiz takliflari asosida yangilandi. Bunda xalqaro tajriba ham inobatga olindi, turli sohalardan yetuk mutaxassislar va ekspertlar jalb etildi.

Konstitutsiya davlatimiz barqarorligi va kelajagi, inson manfaatlarining huquqiy asosidir. Fuqarolar buni chuqur his etib, referendumda faol ishtirok etmoqda.

Bu siyosiy jarayonni 45 ta davlat va 14 nufuzli xalqaro tashkilotdan jami 383 nafar xalqaro kuzatuvchi bevosita kuzatib bormoqda. Mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari keng, ochiq-oshkora yoritmoqda.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.