Shavkat Mirziyoyev Samarqand aeroportini rekonstruksiya qilish boʻyicha koʻrsatmalar berdi

0
119
views

Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqandga keldi. Davlatimiz rahbari  xalqaro aeroportining oʻzidayoq mazkur bandargohni rivojlantirishga oid loyiha bilan tanishdi.

Xususan, bu yerda yana bir terminal qurish, uchish-qoʻnish yoʻlagini rekonstruksiya qilish, samolyotlar turargohini kengaytirish, radiolokatsiya tizimlarini takomillashtirish rejalashtirilgan. Yangi aerovokzal esa barcha xalqaro talablarga javob beradigan, soatiga 600 yoʻlovchiga xizmat koʻrsatadigan boʻladi.

Davlatimiz rahbari zamonaviy boshqaruvni joriy qilish, rekonstruksiya mobaynida esa poyezd va avtobuslar qatnovini koʻpaytirish, aholi va turistlarga muqobil qulayliklar yaratish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here