Shavkat Mirziyoyev Samarqand xalqaro aeroportini koʻzdan kechirdi

0
123
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 10 fevral kuni Samarqand shahriga keldi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Davlatimiz rahbari Samarqand xalqaro aeroportida yaratilayotgan sharoitlarni koʻzdan kechirdi. 

Maʼlumki, bu «havo darvozasi» qariyb 83 million dollarlik loyiha evaziga yangidan qurilmoqda. Oʻtgan yili uchish-qoʻnish yoʻlagi qayta qurilgan edi. Bugungi kunda yangi terminal toʻliq tiklanib, pardozlash ishlari olib borilmoqda. Yoʻl, avtoturargoh va yoritish ustunlari barpo etilmoqda.

Mirzo Ulugʻbekning buyuk merosi Samarqandning timsoliga aylangan. Shu bois yangi aeroport binosi alloma bobomizning «Ziji jadidi Koʻragoniy» kitobi shaklida barpo etilgan. Terminalning eni 175, balandligi 25 metr. Bir soatda 800 nafar yoʻlovchiga xizmat koʻrsatish quvvatiga ega boʻladi. 

Aeroportda “ochiq osmon” rejimi qoʻllaniladi, kargo xizmati ham yoʻlga qoʻyiladi. Yangi terminal kelgusi oyda foydalanishga topshiriladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.