Shavkat Mirziyoyev va Emmanuel Makron Oʻzbekistonning boy moddiy madaniyatiga bagʻishlangan koʻrgazma bilan tanishdilar

0
93
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Fransiya Respublikasi Prezidenti Emannuel Makron rafiqalari bilan birgalikda Parijdagi Arab dunyosi institutiga tashrif buyurdilar, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Bugungi kunda bu yerda institut va Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi hamkorligida «Samarqandga yoʻl. Ipak va oltin moʻjizalari” nomli koʻrgazma tashkil etilgan. Unda Oʻzbekistonning XIX asr oxiri – XX asr boshlariga oid boy moddiy madaniyati taqdim etilgan.

Oʻzbekistonning 9 ta eng yirik muzeylaridan 300 dan ortiq eksponat joriy yilning 23 noyabr kunidan 2023 yil 4 iyun kuniga qadar ilk bor Fransiyada keng xalqaro jamoatchilik eʼtiboriga havola etiladi.

Koʻrgazmadan Nukus, Samarqand, Buxoro va Toshkent muzeylaridan keltirilgan toʻqimachilik buyumlari, libos va poyabzallar, bosh kiyim toʻplamlari, shuningdek, Turkiston avangardi yoʻnalishiga mansub 24 ta moʻyqalam asari oʻrin olgan. Tayyorgarlik doirasida 89 ta zargarlik buyumlari restavratsiya qilindi.

Prezidentlar uchun koʻrgazma boʻylab ekskursiya oʻtkazildi, eksponatlar toʻgʻrisida batafsil soʻzlab berildi.

Hunarmand ajdodlarimizning yuksak ijodiy tafakkuri va mahoratidan dalolat beruvchi ushbu buyumlarning rang-barangligi va nafosati Fransiya tomonida hayrat uygʻotdi.

Shu bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Fransiyaga rasmiy tashrifi yakunlandi. Prezident Emmanuel Makron va rafiqasi davlatimiz rahbari va rafiqasi bilan samimiy xayrlashdi. 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.