Shavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarboyevning uchrashuvi boʻlib oʻtdi

0
143
marta koʻrilgan.

Toshkentda oʻtayotgan Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvi doirasida 29 noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev bilan uchrashdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.  

Uchrashuv avvalida davlatimiz rahbari Nursulton Nazarboyevni Oʻzbekistonga tashrifi bilan samimiy qutlab, unga Oʻzbekistonning mintaqa mamlakatlari yetakchilari uchrashuvlarini oʻtkazish tashabbusini qoʻllab-quvvatlagani uchun yana bir bor minnatdorlik bildirdi.

Birgalikdagi saʼy-harakatlar tufayli keyingi yillarda Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi anʼanaviy yaqin munosabatlar sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarildi, aniq amaliy mazmun bilan boyidi.

Elboshi Nursulton Nazarboyev, oʻz navbatida, Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ilk bor 2018 yil Ostona (ayni paytda – Nur-Sulton) shahrida oʻtgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvlari mintaqada koʻp qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda hamda sheriklikning amaliy loyihalarini ilgari surish uchun samarali maydon boʻlmoqda.

Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarga oid, shuningdek, global va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.