Shavkat Mirziyoyev va Sooronbay Jeenbekov hamkorlik masalalarini muhokama qildilar

0
80
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bishkek shahrida Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan uchrashdi.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Qirgʻiziston Prezidentini Shanxay hamkorlik tashkilotidagi muvaffaqiyatli raisligi bilan tabriklab, koʻrsatilayotgan samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi.

Prezidentlar mamlakatlarimiz oʻrtasidagi doʻstlik va strategik sheriklik munosabatlari tobora mustahkamlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Oʻzaro savdo hajmi izchil ortmoqda, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida kooperatsiya yoʻlga qoʻyilmoqda, madaniy-gumanitar almashinuv kengaymoqda.

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikka doir va mintaqaviy ahamiyatga ega masalalar koʻrib chiqildi.

Tomonlar koʻp qirrali sheriklikni kengaytirishga qaratilgan birgalikdagi saʼy-harakatlarni faollashtirishga kelishib oldilar.

Manba: president.uz sayti

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.