Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi tashkil topganining 73 yilligi munosabati bilan ezgu tilaklar yoʻlladi

0
102
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi tashkil topganining 73 yilligi munosabati bilan XXR Raisi Si Szinpinga tabrik yoʻllab, unga va doʻst Xitoy xalqiga ezgu tilaklarini bildirdi.

Maktubda dunyodagi murakkab vaziyatga qaramay, Oʻzbekiston bilan Xitoy oʻrtasidagi ikki va koʻp tomonlama hamkorlik barcha yoʻnalishlarda tobora mustahkamlanib borayotgani mamnuniyat bilan taʼkidlangan.

Yaqinda Oʻzbekiston Respublikasiga amalga oshirilgan davlat tashrifi va Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida boʻlib oʻtgan sermahsul uchrashuvlar mamlakatlarimiz oʻrtasidagi aloqalarni har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarining yangi darajasiga koʻtargani qayd etilgan.

Manbaa:  Prezident matbuot kotibining rasmiy  kanali

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.