Shavkat Mirziyoyev Xivadagi xonadonda mehmon boʻldi

0
191
views

Prezident korteji Xiva tumani Shomoxulum mahallasida toʻxtadi. Davlatimiz rahbari bu yerda yashovchi Komil Rahimov xonadoniga kirib, aholining yashash sharoitlari bilan qiziqdi.

Komil ota uzoq yillar qishloq xoʻjaligida ishlagani, turmush oʻrtogʻi Soniya aya bilan ikki farzandni tarbiyalab voyaga yetkazganini soʻzlab berdi. Oxirgi yillardagi imkoniyatlar natijasida yangi uyga ega boʻlgani, farzandlari universitetga oʻqishga kirganini aytdi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlar, Xorazm viloyatidagi oʻzgarishlar haqida samimiy suhbat boʻldi. Xonadon egalari bu oʻzgarishlarni har bir odam oʻz hayotida sezayotgani, turmush darajasi, ertangi kunga ishonchi ortib borayotganini taʼkidladi.

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here