Shavkat Mirziyoyev Yaponiya tadbirkorlarini Oʻzbekistonga taklif etdi

0
96
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tokio shahrida Yaponiya ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.      

Unda JETRO, JICA, JABIC, NEDO, JOGMEC, Mitsubishi, Itochu, Sumitomo, Marubeni, Isuzu kabi korporatsiya va kompaniyalar, moliyaviy tuzilmalar rahbarlari ishtirok etdi. 

Uchrashuv avvalida 16 dekabr kuni Tokioda boʻlib oʻtgan Yaponiya-Oʻzbekiston biznes forumi natijalari haqida axborot berildi.

Prezidentimiz Yaponiya kompaniyalari va moliyaviy tuzilmalarini Oʻzbekistonda investitsiya loyihalarini amalga oshirishda faol ishtirok etishga taklif etdi. 

– Yaponiya – bizning strategik sherigimiz. Oʻzbekistonda iqtisodiyot tarmoqlari va infratuzilmani modernizatsiya qilish boʻyicha hamkorlikda koʻp ishlar qilindi. Biz bu aloqalar tarixida yangi sahifa ochish niyatida keldik. Savdo, energetika, geologiya, kimyo, transport, turizm, meva-sabzavotlarni qayta ishlash va xizmat koʻrsatish tarmoqlarida imkoniyatlar, yangi loyihalar koʻp, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar faol jalb etilmoqda. Xorijiy investorlar uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Ular faoliyatini ragʻbatlantirish va himoya qilish uchun zarur normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Biznesni rivojlantirish yoʻlidagi turli toʻsiqlarga barham berildi, tashqi savdo va bojxona-tarif nazorati sezirlarli darajada qisqartirildi.  

Ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga qaratilgan ushbu yangilanishlar natijasida Jahon bankining «Biznesni yuritish – 2020» reytingida Oʻzbekiston oxirgi bir necha yil ichida 100 pogʻonaga koʻtarilib, 69-oʻrinni egalladi hamda yigirmata eng namunali islohotchi davlat qatoriga  kirdi. Yangi korxona ochish qulayligi boʻyicha mamlakatimiz ilk bor dunyoda sakkizinchi oʻrinni egalladi.
 
Prezidentimiz Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar ortga qaytmasligini, iqtisodiyot izchil modernizatsiya qilinishini taʼkidladi. 

poniyalik tadbirkorlar yurtimizdagi oʻzgarishlarni yuqori baholadi. Valyuta tizimining liberallashtirilishi, viza olish tartibining soddalashtirilishi oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish uchun qulay imkoniyatlar yaratganini taʼkidladi. Ular Oʻzbekiston Prezidentining rasmiy tashrifi ikki mamlakat ishbilarmon doiralari oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli aloqalarni yangi mazmun bilan boyitishiga ishonch bildirdi. 

Uchrashuvda ikki mamlakat kompaniyalari va moliyaviy tashkilotlari oʻrtasidagi sheriklikni yanada rivojlantirish masalalari, qoʻshma dastur va loyihalarni amalga oshirish, oʻzaro tovar yetkazish va xizmat koʻrsatish hajmini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.