Shavkat Mirziyoyev YeXHT DIIHB kuzatuvchilari missiyasi rahbari bilan uchrashdi

0
116
marta koʻrilgan.

Shavkat Mirziyoyev 22 oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod sifatida YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosining (DIIHB) mamlakatimizdagi Prezident saylovini kuzatish boʻyicha missiyasi rahbari Ouen Merfi bilan uchrashdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Byuro Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining yetakchi institutlari biri boʻlib, uning faoliyati insonning asosiy huquq va erkinliklariga rioya etilishini taʼminlash, demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini mustahkamlashga koʻmaklashish masalalarini qamrab oladi.

DIIHB mamlakatimizdagi Prezident va parlament saylovlarini kuzatishda 1999 yildan buyon ishtirok etib kelmoqda. 2016 yil dekabr oyida Byuro ilk bor Oʻzbekistonga davlat rahbari saylovini kuzatish uchun oʻzining toʻlaqonli missiyasini yoʻlladi.

Bu galgi Prezident saylovini kuzatish uchun ham huddi shunday delegatsiya Oʻzbekistonga keldi. Ushbu birlashgan xalqaro missiya tarkibiga Byurodan, YeXHT Parlament assambleyasidan va Yevroparlamentdan kuzatuvchilar kirgan.

Uchrashuvda demokratik yangilanishlarni amalga oshirish, saylov qonunchiligi va saylov jarayonlarini takomillashtirish, shuningdek, boʻlajak muhim siyosiy tadbirni xalqaro norma va standartlarga muvofiq tayyorlash va oʻtkazish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Prezidentlikka nomzodning saylovoldi platformasidagi ustuvor yoʻnalishlar ham koʻrib chiqildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.