Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi yetakchisi Yosixide Sugaga uning mamlakat Bosh vaziri etib saylangani munosabati bilan tabrik yoʻlladi.
Davlatimiz rahbarining maktubida ikki tomonlama munosabatlarda yuksak darajaga erishilgani taʼkidlangan hamda Oʻzbekiston-Yaponiya strategik sherikligi bundan buyon ham izchil mustahkamlanib borishiga ishonch bildirilgan.