Shavkat Mirziyoyev Abdulla Oripov nomidagi maktabga tashrif buyurdi

0
564
marta koʻrilgan.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017 yil fevralda Qashqadaryo viloyatiga tashrifi chogʻida Qarshi shahrida Abdulla Oripov nomidagi maktab va uning ijodiga bagʻishlangan muzey tashkil etish boʻyicha topshiriq bergan edi. 

Shunga muvofiq 2017 yil 24 mayda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Qarshi shahrida Abdulla Oripov nomidagi ona tili va adabiyoti fanini chuqurlashtirib oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internatini tashkil etish toʻgʻrisida»gi  qarori qabul qilindi. Bu yerda zamonaviy taʼlim maskani barpo etildi. Joriy oʻquv yilidan beshinchi sinfga iqtidorli bolalar qabul qilindi. 

Maktabning birinchi qavatida Abdulla Oripov muzeyi tashkil etilgan. Shavkat Mirziyoyev ushbu muzey va maktab bilan tanishdi. Oʻquvchilar bilan suhbatlashdi.  

Shu yerda Ibroyim Yusupov, Muhammad Yusuf, Zulfiya va Hamid Olimjon nomidagi maktablar bilan videoaloqa orqali muloqot qilindi. Oʻquvchilar sheʼrlar oʻqishdi. 

Davlatimiz rahbari  ularning Abdulla Oripovdek buyuk shoirga munosib farzandlar boʻlib kamol topishi, buning uchun koʻp kitob oʻqish va vatanni sevish muhimligini taʼkidladi. Ularga sovgʻalar berdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.