Shavkat Mirziyoyev Alisher Usmonovni «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirladi

0
230
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29 avgust kuni Rossiyaning «USM Holding» aksiyadorlik jamiyati taʼsischisi va rahbari Alisher Burhonovich Usmonovni «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi. Farmon matni «OʻzA»da eʼlon qilindi.

Hujjatda qayd etilishicha, taniqli hamyurtimiz Alisher Usmonov Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasida iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy-maʼrifiy aloqalarni mustahkamlash, mamlakatimizda yirik investitsion loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish ishlariga qoʻshgan katta hissasi, xalqimizning milliy qadriyati va boy tarixiy yodgorliklarini qayta tiklash va asrab-avaylash maqsadida Oʻzbekistonda diniy-madaniy ahamiyatga ega boʻlgan obyektlarni barpo etish borasidagi faol ishtiroki, Vataniga yoshlar uchun oʻrnak boʻladigan darajadagi samimiy muhabbati hamda respublikamizda turizm salohiyatini va sport sohasini rivojlantirishdagi hamkorligi uchun mukofotlangan.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.