Shavkat Mirziyoyev Angor tumanida boʻldi

0
169
marta koʻrilgan.

Prezidentimiz Angor  tumanidagi “Bio texno eko” masʼuliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishdi, deya xabar berilmoqda Prezident.uz saytida. 

Zavod Termiz shahri, Termiz va Angor tumanlaridan chiqindilarni yigʻish, saralash, qayta ishlash hamda ulardan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

Bir yilda 182 ming tonnadan ortiq chiqindini qayta ishlash orqali bu yerda polietilen quvurlar, shishadan mozaika va plitkalar, yogʻochdan yoqilgʻi briketlari, qogʻoz chiqindisidan karton va qogʻozlar, oziq-ovqat chiqindisidan biogaz hamda biogumus ishlab chiqariladi. Korxona joriy oy oxirida ish boshlashi rejalashtirilmoqda. Ayni paytda 150 kishi ishga qabul qilingan. Zavod toʻliq ishlagach yana 250 kishi ish bilan taʼminlanadi. 

Shu yerning oʻzida gidroenergiteka, transport, koʻmir sanoati va boshqa sohalarni rivojlantirish, qurilish materiallari ishlab chiqarish, boʻsh turgan obyektlardan samarali foydalanish loyihalari taqdimoti ham oʻtkazildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.