Shavkat Mirziyoyev: bolalarning koʻzidagi nurni ilgʻash kerak

0
244
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Prezidentining tegishli farmon va qarorlari ijrosi doirasida Toshkent shahrida ham maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirish, bogʻchalar tarmogʻini kengaytirish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. 

Yunusobod tumani Bogʻishamol mahallasida joylashgan 74-maktabgacha taʼlim muassasasi joriy yilda rekonstruksiya qilinib, zamonaviy taʼmirlandi. Mashgʻulot xonalari bolalar tarbiyasi uchun zarur, bejirim va qiziqarli inventarlar bilan jihozlandi. Oshxona va  sport zali yangidan qurildi. 

Bugungi kunda muassasada 375 ta bola taʼlim-tarbiya olmoqda. 

Prezidentimiz bogʻchada bolalarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, xodimlar bilan muloqot qildi.

Biz uchun birinchi oʻrinda bolalarimizning maʼnaviyati, bilimi, sogʻligi. Shuning uchun davlat tomonidan maktabgacha taʼlimga katta eʼtibor berilyapti va bu hali boshlanishi. Sizlarning vazifangiz bolalarning koʻzidagi nurni ilgʻab olish, ularga yaxshi tarbiya berish, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shu yerda Toshkent shahridagi maktabgacha taʼlim muassasalarining holati va ularni rivojlantirishga oid loyihalar namoyish etildi. Davlatimiz rahbari bu boradagi takliflarni maʼqullab, xususiy sherikchilik asosida yangi bogʻchalar qurish, bolalarni qamrab olishni kengaytirish va kelgusida yuz foizga yetkazish zarurligini taʼkidladi.

Shu yerda Janubiy Koreyaning Puchon universiteti rahbarlari bilan videokonferensiya orqali muloqot qilindi.

Prezidentimiz bogʻcha tarbiyalanuvchilariga sovgʻalar berdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.