Shavkat Mirziyoyev Buxoro shahridagi 54-maktabgacha taʼlim muassasasida boʻldi

0
1115
marta koʻrilgan.

Prezidentimizning 2016 yil 29 dekabrdagi “2017-2021 yillarda maktabgacha taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi doirasida Buxoro viloyatida ham izchil ishlar amalga oshirilmoqda, deya xabar berilmoqda Prezident.uz saytida.  

 Bolalar bogʻchalarining moddiy-texnik bazasi mustahkamlanib, yangilari barpo etilmoqda. Bugungi kunda Buxoro viloyatida 343 ta maktabgacha taʼlim muassasasi faoliyat koʻrsatmoqda.

54-maktabgacha taʼlim muvssasasi 280 oʻringa moʻljallangan. Bogʻcha binosi oʻtgan yili kapital rekonstruksiya qilinib, zamonaviy jihozlangan. Bu yerda 31 nafar pedagog va tarbiyachi  bolalarga  gʻamxoʻrlik koʻrsatib kelmoqda.  

Davlatimiz rahbari bogʻchada bolalarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, xodimlar bilan muloqot qildi. 

Bogʻchada tajriba tariqasida tashkil etilgan qisqa muddatli boshlangʻich rivojlantirish markazi faoliyati haqida maʼlumot berildi. 

Shavkat Mirziyoyev maktabgacha taʼlimning uslubiyatini takomillashtirish, malakali tarbiyachilar tayyorlash boʻyicha koʻrsatmalar berdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.