Shavkat Mirziyoyev Donald Tramp bilan uchrashdi

0
85
marta koʻrilgan.

Suratga tushish marosimidan soʻng Oval kabinetda davlat rahbarlarining muloqoti boʻlib oʻtdi.

Donald Tramp Prezidentimizni rasmiy tashrifi bilan qutlab, Oʻzbekiston AQSH uchun muhim davlat, strategik sherik ekanini qayd etdi.

Oʻzbekistonning obroʻ-eʼtibori oshib bormoqda. Siz bilan Oq uyda uchrashish biz uchun sharaf, dedi AQSH Prezidenti.

Shavkat Mirziyoyev taklif uchun minnatdorlik bildirib, AQSH Oʻzbekistonni izchil qoʻllab-quvvatlab kelayotganini taʼkidladi.

Oʻzbekiston va AQSHdagi Prezident saylovlaridan keyin mamlakatlarimiz munosabatlari yangi bosqichga koʻtarildi. Bugun qabul qilinadigan «Oʻzbekiston va Amerika Qoʻshma Shtatlari: strategik sheriklik yangi davrining boshlanishi» nomli Qoʻshma bayonot oʻz nomi va mohiyati bilan koʻp narsani anglatadi. Tomonlarning uzoq kelajakka moʻljallangan intilishlaridan dalolat beradi, dedi Oʻzbekiston Prezidenti.

Oliy darajadagi ushbu uchrashuv yangicha siyosiy muhitda kechayotgani bilan ahamiyatli. Shavkat Mirziyoyev va Donald Tramp deyarli bir paytda Prezidentlik lavozimiga kirishgan, shundan soʻng ikki mamlakat oʻrtasidagi munosabatlar bosqichma-bosqich faollashib kelayotgan edi.

Turli darajadagi delegatsiyalar Oʻzbekiston va AQSHda boʻldi. Davlat rahbarlari 2017 yil may oyida Ar-Riyod shahrida va sentyabrda Nyu-Yorkda uchrashdi. Dekabrda boʻlib oʻtgan telefon orqali muloqot chogʻida Donald Tramp Shavkat Mirziyoyevni AQSHga rasmiy tashrif buyurishga taklif etgan edi. Bu davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan islohotlar xalqaro miqyosda tan olinayotganini anglatadi.


Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.