Shavkat Mirziyoyev: farzandlarimiz eng yaxshi sharoitlarga munosib

0
165
marta koʻrilgan.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Oltiariq tumani Qapchigʻoy mahallasidagi «Smart kids» maktabgacha taʼlim muassasasini borib koʻrdi. 

Davlat-xususiy sherikchilik asosida ishga tushirilgan ushbu bogʻcha 210 bolaga moʻljallangan. Kichkintoylarni har tomonlama rivojlantiradigan oʻyinchoq va inventarlar bilan jihozlangan. Bugungi kunda Fargʻona viloyatida 38 ta shunday zamonaviy maktabgacha taʼlim muassasasi ishga tushgan.

Shu yerda maktabgacha taʼlim tizimida tatbiq etilayotgan Integratsiyalashgan monitoring elektron tizimi taqdimoti oʻtkazildi. Bu tizimda mamlakatdagi har bir bolaning tugʻilishidan to voyaga yetguncha boʻlgan holati, sogʻligi, rivojlanishi, oʻzlashtirishi haqida maʼlumotlar jamlanadi. Shuningdek, unda tarbiyachilar, bogʻchalar, ularga ehtiyoj toʻgʻrisida ham barcha axborotlar boʻladi.

Bu taʼlim-tarbiya tizimining asosi, oʻziga xos oynasi, dedi Shavkat Mirziyoyev. Undagi maʼlumotlarni kuzatish, tahlil qilish orqali taʼlim-tarbiyada nimalarga eʼtibor berishimiz kerakligini aniqlaymiz. Bizning farzandlarimiz eng yaxshi, zamonaviy sharoitlarga munosib.

Prezidentimiz ushbu elektron tizimni maʼlumotlar bilan toʻldirish, uni taʼlimning keyingi bosqichlarida ham qoʻllash boʻyicha topshiriqlar berdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.