Shavkat Mirziyoyev: har bir oila tadbirkorlik bilan shugʻullanishi kerak

0
178
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyati misolida «Har bir oila tadbirkor» dasturi konsepsiyasi bilan tanishdi. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ishlab chiqilgan ushbu konsepsiya mehnat bilan band boʻlmagan aholini tadbirkorlik, hunarmandlik, fermerlik, kasanachilikka oʻrgatish orqali ularga daromad manbai yaratib berishga qaratilgan.

«Andijonda aholi zich joylashgan. Bir-ikkita zavod bir foiz aholiniyam ish bilan taʼminlay olmaydi. Bu yerda odamlarni faqat tadbirkorlik, hunarmandlik orqali boqish mumkin. Xonadonlarga mablagʻ kiritsak, zarur uskunalar berib, aql bilan ishlashni oʻrgatsak, odamlar oʻzini oʻzi boqadi. Uyiga buyum oladi, bolasiga kitob olib beradi, soliqqa, elektrga pul toʻlaydi, byudjetga mablagʻ tushadi. Bir yildan keyin sarflagan pulimiz ikki barobar boʻlib qaytadi. Iqtisodiy mexanizm mana shunday boʻlishi kerak», dedi Prezidentimiz.

Davlatimiz rahbari tadbirkor va hunarmandlar yetkazib beradigan mahsulotlar sigʻimini aniqlash, odamlar sotib oladigan tovarlar ishlab chiqarish, xususan, parrandachilik va baliqchilikni rivojlantirish boʻyicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.