Shavkat Mirziyoyev: harbiy qismlar iftixor, gʻurur, kuch, bilim maskani boʻlishi kerak

0
243
marta koʻrilgan.

Davlatimiz rahbari Jizzax viloyatiga tashrifining ikkinchi kuni “Forish” togʻ-dala poligonini borib koʻrdi. 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni harbiy xizmatchilarning yashashi, jangovar oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazishi uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Panoramali elektron oʻq otish trenajyori, askarlar yotoqxonasi, mashq va saf maydonchalarini koʻzdan kechirdi. 

Prezident Shavkat Mirziyoyev bu yerni namunaviy poligonga aylantirish, yangi konsepsiya ishlab chiqib, mamlakatimizdagi barcha harbiy poligonlarni modernizatsiya qilish boʻyicha topshiriqlar berdi.

Poligonlar harbiy xizmatchilarning amaliy koʻnikmalarini oshirish bilan birga gʻoyaga xizmat qilishi zarur. Bu yer iftixor, gʻurur, kuch, bilim maskani boʻlishi kerak, dedi Shavkat Mirziyoyev. 

“Forish” poligoni maydoni tekislik, murakkab togʻ va qoyalardan iborat. Bu yerda oʻtkazilayotgan tayyorgarlik mashgʻulotlari batalon taktik guruhlarning togʻ va choʻl hududlarida, favqulodda oʻzgaruvchan vaziyatlarda, har qanday ob-havo sharoitida topshiriqlarni toʻla bajarishga oʻrgatadi. Jangovar harakatlarni tashkillashtirish va taktik harakatlanish koʻnikmalarini hosil qiladi.

Prezidentimiz tashrifi chogʻida 25 xil oʻquv-mashgʻulot mashqlari namoyish etildi. 

Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan harbiy anjomlar va askarlarning safar taomlarini ham koʻzdan kechirdi.

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.