Shavkat Mirziyoyev harbiy xizmatchilar bilan suhbatlashdi

0
417
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni Shavkat Mirziyoyev 16 noyabr kuni Shimoli-gʻarbiy harbiy okrukka qarashli Nukus gornizonida boʻlib, xizmatchilarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi

Bu gornizon hududidagi harbiy qism yotoqxonasi, oʻquv korpuslari, oshxona, shuningdek, harbiy shaharchadagi bogʻcha, maktab va yashash uylari yangilandi. Futbol, tennis, voleybol maydonchalari qurildi. 

Kapital rekonstruksiya qilingan oʻquv korpusida muddatli harbiy xizmatchilar kompyuter savodxonligi, tadbirkorlik kurslari, xorijiy tillar, matematika va fizika boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazadi. 

Yana bir binoda merganlik, artilleriya, havo hujumidan mudofaa, harbiy topografiya, harbiy taktik maxsus va aloqa tayyorgarlik boʻyicha nazariy bilimini oshiradi. Bundan tashqari, boy kitob fondiga ega va zamonaviy axborot vositalari bilan taʼminlangan kutubxona askarlar xizmatida. Bu yerda harbiy xizmatchilar videomuloqot orqali taniqli yozuvchi va shoirlar bilan suhbatlashish imkoniga ega.    

Prezidentimiz turli yoʻnalishlar boʻyicha oʻtkazilayotgan mashgʻulotlar jarayonini koʻzdan kechirdi, yoshlar bilan suhbatlashdi.  

Harbiylarimizning ham jismonan, ham bilim jihatidan barkamol boʻlishi uchun hamma sharoitlarni yaratyapmiz. Shuning uchun sizlar bir soat ham vaqtlaringizni behuda oʻtkazmay, kitob oʻqishingiz, chuqur bilim olishingiz, axborot texnologiyalari va xorijiy tillarni puxta oʻrganib, yoshlarga oʻrnak boʻlishingiz kerak. Chunki yoshlar bizning tayanchimiz, umidimiz, dedi Prezident.

Fortepianoda opera ijro etgan kursant Jamshid Himmatovning oʻqishi va ijodiga muvaffaqiyat tiladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.