Shavkat Mirziyoyev harbiylarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi

0
143
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 10 yanvar kuni Chirchiq shahridagi harbiy qismga tashrif buyurdi. Davlatimiz rahbarining 2017 yil 12 dekabrdagi farmoni bilan qayta tashkil qilingan mazkur harbiy qismda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida tizimli ishlar olib borilmoqda. 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni Shavkat Mirziyoyev harbiylar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi, harbiylar bilan suhbatda boʻldi, deya xabar berilmoqda Prezident.uz saytida.  

Tashrif davomida Prezident jangovor tayyorgarlikda foydalaniladigan moddiy vositalar, harbiy xizmatchilarning kiyim-kechak taʼminoti bilan tanishdi. 

Prezident Shavkat Mirziyoyevga Toshkent viloyati harbiy-maʼmuriy sektori faoliyatini 2018 yilda tashkillashtirish boʻyicha «yoʻl xaritasi», yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiyasi, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqining Mudofaa vazirligi tizimidagi boshlangʻich tashkilotining tashkiliy tuzilmasi, yosh harbiy xizmatchilarni ragʻbatlantirish kabi istiqbolda qilinadigan ishlar toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.