Shavkat Mirziyoyev “Humo Arena” muz saroyi qurilishini borib koʻrdi

0
130
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Afrosiyob va Beshyogʻoch koʻchalari tutashgan joyda qurilayotgan koʻp tarmoqli sport saroyini borib koʻrdi. 

Bu yerda qurilish ishlari 2017 yil fevral oyida boshlangan edi. Arena uch xil: muz, sport va konsert tartibida ishlaydigan boʻladi. Zaruratga qarab, bir holatdan boshqasiga moslashtiriladi. Unda xokkey, figurali uchish, short-trek, kyorling bilan shugʻullanish, basketbol, voleybol, futzal, kurash, boks, qilichbozlik, taekvondo kabi sport turlari boʻyicha musobaqalar oʻtkazish uchun zamonaviy sharoit yaratiladi. Shuningdek, bu yerda konsertlar, koʻrgazma va konferensiyalar tashkil etish ham mumkin boʻladi. Rejaga koʻra, mazkur majmua joriy yil dekabr oyida, Yangi yil bayrami arafasida foydalanishga topshiriladi.

Davlatimiz rahbari majmua qurilishining borishi bilan tanishdi.  Bu inshoot ulkan ijtimoiy ahamiyatga ega ekanini, butun yil davomida ishlashi zarurligini taʼkidladi. Bu yerda shugʻullanadigan sport jamoalarini shakllantirish, ular uchun sport kiyimlari va anjomlarini ishlab chiqaradigan korxona tashkil etish boʻyicha topshiriqlar berdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.