Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreya — Oʻzbekiston biznes-forumida ishtirok etdi

0
201
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje Inning taklifiga binoan 22 noyabr kuni kuni davlat tashrifi bilan Seul shahriga keldi.

Davlatimiz rahbari 23 noyabr kuni ikki mamlakatning iqtisodiy va moliyaviy tuzilmalari rahbarlari, yetakchi ishbilarmonlari ishtirokidagi Janubiy Koreya –Oʻzbekiston  biznes-forumida qatnashdi.

Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje Inning forum ishtirokchilariga qutlovi oʻqib eshittirildi. 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev soʻzga chiqib, ikki mamlakat oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar rivojlanib borayotgani, Oʻzbekistonda biznes yuritish uchun yetarli sharoit va imkoniyatlar yaratilayotganini qayd etdi. Koreya Respublikasi biznes vakillari bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor ekanligini taʼkidladi. 

Janubiy koreyalik moliya va ishbilarmon doira vakillari Oʻzbekistonda faol biznes yurtish uchun yaratilgan sharoitlarni yuqori baholab, oʻzaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyorligini maʼlum qildi. 

Soʻzga chiqqanlar ikki mamlakat oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar rivojida janubiy koreyalik sarmoyadorlarlar faoliyati muhim oʻrin tutayotganini taʼkidladi.
Koreya Respublikasining Oʻzbekiston iqtisodiyotiga jalb etgan investitsiyalari hajmi 7 milliard AQSH dollaridan oshgan. Yurtimizda mazkur mamlakat kapitali ishtirokida 461 korxona foaliyat yurtitmoqda. 

Mazkur korxonalar neft-gaz, neft-kimyo va kimyo, qazish, mashinasozlik, elektrotexnika hamda toʻqimachilik sohalarida, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, transport va logistika hamda turizm yoʻnalishlarida muvaffaqiyatli ish olib bormoqda. 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.