Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi mustaqilligi yoʻlida jon fido qilgan qariyb 170 ming odam xoki qoʻyilgan Milliy yodgorlik majmuasini ziyorat qildi.
Davlatimiz rahbari vatanparvarlar xotirasiga hurmat bajo keltirib, yodgorlik poyiga gulchambar qoʻydi.
Prezidentimizning Koreya Respulikasiga tashrifi davom etmoqda.