Shavkat Mirziyoyev loyihalar samaradorligini oshirish boʻyicha topshiriqlar berdi

0
117
marta koʻrilgan.

Mirzaobod tumanida Sirdaryo viloyati iqtisodiyotini rivojlantirishga doir loyihalar taqdimoti oʻtkazildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Social web solution” dasturiga alohida eʼtibor qaratdi. Bu dastur elektron savdoni kengaytirish, internet orqali ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish borasida aholiga koʻplab qulayliklar yaratadi. 

Davlatimiz rahbari dastur tashabbuskorlarini qoʻllab-quvvatlash, undan foydalanishni kengaytirish zarurligini taʼkidladi.  

Shu yerda Sirdaryo viloyatida baliqchilik, chorvachilik, ipakchilik va koʻnchilikni rivojlantirish, sholi yetishtirish, lalmi va tomorqa yerlardan samarali foydalanish, irrigatsiya-melioratsiya tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilishga qaratilgan loyihalar taqdimoti oʻtkazildi.

Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar va xorijlik investorlar bilan muloqot qildi, loyihalar samaradorligini oshirish boʻyicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.