Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Milosh Zemanga uning Chexiya Respublikasi Prezidenti lavozimiga qayta saylangani munosabati bilan tabrik yoʻlladi.
Shavkat Mirziyoyev Milosh Zemanga mustahkam sogʻlik, farovonlik va davlat rahbari sifatidagi maʼsuliyatli faoliyatiga muvaffaqiyatlar, Chexiya xalqiga esa tinchlik va taraqqiyot tiladi.