Shavkat Mirziyoyev mintaqadagi vaziyatlar oʻzgarishiga taʼsir koʻrsatishga qodir jahonning oʻn nafar yetakchisi roʻyxatida

0
103
marta koʻrilgan.

«Derin Ekonomi» jurnalining sharhlovchilari Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni oʻz mamlakati va mintaqasidagi vaziyatlar oʻzgarishiga sezilarli taʼsir koʻrsatishga qodir boʻlgan jahonning birinchi oʻn nafar yetakchisi roʻyxatiga kiritdilar, deya xabar bermoqda «Jahon» AA.

Dunyo jamoatchiligi Oʻzbekistonda roʻy berayotgan oʻzgarishlarni diqqat bilan kuzatib borayotgani barobarida ularga yuqori baholarni ham bermoqda. Mamlakatimizda kechayotgan hozirgi oʻzgarishlar, xorijlik ekspertlarning fikr bildirishlaricha, nafaqat milliy, balki umumiy xalqaro ahamiyat ham kasb etmoqda, deyiladi xabarda. 

Mazkur roʻyxatdan muhim ahamiyatga molik qarorlari bilan oʻz mamlakatlari va mintaqalaridagi mavjud vaziyatni oʻzgartirib yuboradigan va bu bilan xalqaro maydondagi vaziyatga faol taʼsir koʻrsatadigan hamda jahon ommaviy axborot vositalarining «nyusmeykeri», yaʼni ularning diqqat-eʼtibori obyekti boʻlib qolayotgan yetakchilar nomlari joy oldi. 

Mutaxassislarning qayd etishlaricha, Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylangan birinchi kunlardanoq mamlakatni yalpi liberallashtirish, «har yerda hoziru nozir» boʻlgan huquq-tartibot idoralari faoliyatini tartibga solish, diniy eʼtiqod erkinligini taʼminlashga qaratilgan chuqur islohotlarni hayotga tadbiq etmoqda. 

Taʼkidlanganidek, yangi rahbariyat boshchiligida Oʻzbekistonda mamlakatni amalda erkin bozor iqtisodiyoti sari harakatlantirishga hamda tashqi savdo va valyuta siyosatini liberallashtirishga yoʻnaltirilgan oʻta muhim qarorlar qabul qilingani xorijlik sarmoyadorlar uchun respublikaning jozibadorligini oshirdi. 

Boshqa davlatlar, birinchi navbatda, qoʻshni mamlakatlar bilan oʻzaro munosabatlarni tubdan yaxshilash yoʻlini tutgani Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston Prezidenti lavozimidagi eng katta eʼtiborga munosib qadamlaridan biri boʻldi. 

Turk nashrlarida qayd etilishicha, mazkur reytingdan joy olgan oʻn mamlakat yetakchilarining ismi shariflari, ehtimol, shu paytga qadar jahon hamjamiyati uchun taniqli boʻlmagan, biroq 2018 yili ular «har bir kishiga oʻzlarini tanitishadi».

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.