Shavkat Mirziyoyev: Muqaddas qadamjolarimizni obod qilsak, yurtimizga baraka yogʻiladi

0
148
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga tashrifini Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qilishdan boshladi. Qurʼon tilovat qilindi.

Davlatimiz rahbari mamlakatimizda, jumladan, Buxoro viloyatida muqaddas qadamjolar koʻpligi, ularni ziyorat qilish yurtdoshlarimiz uchun ham qarz, ham ulkan saodat ekanini taʼkidladi. Yosh avlodni ajdodlarimizning maʼnaviy merosi asosida tarbiyalash haqida soʻz yuritildi.

Shu yerda Abduxoliq Gʻijduvoniy va Bahouddin Naqshband tavallud sanalarini nishonlash, «Yetti pir» nomi bilan mashhur qadamjolarni obonlashtirish loyihalari haqida maʼlumot berildi.

Shavkat Mirziyoyev rejalashtirilgan qurilish ishlari mazmunan chuqur oʻylanmaganini tanqid qildi. Allomalarimiz yubiley sanalarini ularga munosib tarzda, dunyo olimlarini jalb qilgan holda yuksak saviyada nishonlash zarurligini taʼkidladi. «Yetti pir» maqbaralarini obod qilish, ularni bir yoʻl bilan bogʻlash loyihalarini takomillashtirish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.