Shavkat Mirziyoyev Narendra Modi bilan uchrashdi

0
102
marta koʻrilgan.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ShHTning Sindao sammiti doirasida Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashdi.  

Davlatimiz rahbari Hindiston xalqini Shanxay hamkorlik tashkilotiga toʻla aʼzo boʻlgani, ShHT davlat rahbarlari uchrashuvida yangi maqomda qatnashayotgani munosabati bilan tabrikladi.  

Shavkat Mirziyoyev mazkur uchrashuv avval erishilgan kelishuvlar ijrosini muhokama qilish va hamkorlikning istiqbollarini belgilab olish uchun yaxshi imkoniyat ekanini taʼkidladi.  

Narendra Modi Oʻzbekiston Hindistonning ShHTga aʼzolikka qabul qilinishini qoʻllab-quvvatlagani uchun samimiy minnatdorlik bildirdi. Bu Oʻzbekiston bilan hamkorlikni ham oʻzaro, ham mintaqaviy miqyosda rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochishini qayd etdi.  

Uchrashuvda Oʻzbekiston bilan Hindiston oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy, moliyaviy, investitsiyaviy, innovatsiya va gumanitar sohalardagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Axborot texnologiyalari, tibbiyot, farmatsevtika, turizm kabi yoʻnalishlarda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari koʻrib chiqildi.  

Shuningdek, xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi. 

Ikki davlat oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyor ekanligi qayd etildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.