Shavkat Mirziyoyev: “Oʻqituvchini hurmat qilmaganni men ham hurmat qilmayman”

0
212
marta koʻrilgan.

Bu Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan xalq taʼlimi tizimini tubdan oʻzgartirish, uni zamon talablariga muvofiq takomillashtirish borasida qoʻyilgan vazifalar ijrosiga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida alohida qayd etildi.

Bosh vazir A.Aripov boshqargan yigʻilishda xalq taʼlimi tizimidagi oʻrganishlar natijalari tahlil etilib, Prezidentimiz sohaning hozirgi ahvolidan umuman qoniqmayotgani, tegishli topshiriqlar berilganiga qaramay sezilarli oʻzgarish boʻlmagani tanqid ostiga olindi. Shuning uchun tizimning asosiy rahbarlari oʻz lavozimlaridan ozod etildi.
 
Taʼlim tizimi xodimlarining turli xil tozalash, dala ishlarida dastyorga aylantirilgani ularning ish sifatiga salbiy taʼsir koʻrsatib keldi. Prezident tomonidan majburiy mehnatni taqiqlash boʻyicha tegishli hujjatlar qabul qilinganiga qaramay, joylardagi ayrim mansabdor shaxslar hamon bu “xumor”dan voz kecha olmayotgani achchiq haqiqat.
 
Endilikda bunday holatlarga butulay chek qoʻyiladi va bunday qilmishni sodir etgan shaxslar jinoiy javobgarlikkacha tortiladi.
 
Oʻqituvchi – jamiyatdagi eng obroʻli kasb egasi boʻlishi darkor. Buning uchun barcha choralar koʻriladi. Zero, jahondagi eng rivojlangan davlatlardan hisoblangan Yaponiya, Singapurda aynan shunday yondoshuv tufayli ular jadal taraqqiy etgan.
 
Prezident Shavkat Mirziyoyev oʻqituvchining obroʻsini oshirish borasida zarur topshiriqlar berar ekan, “Oʻqituvchining hurmat qilmagannni men ham hurmat qilmayman”, deb alohida taʼkidlagani videoselektorda alohida qayd etildi.
 
Norgul Abduraimova, OʻzA

Manba: OʻzA

 
Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.