Shavkat Mirziyoyev: Oʻzbekistondagi har bir odam men uchun qadrli

0
186
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston karlar jamiyatining Kar-soqovlar madaniyat markazini borib koʻrdi.

Bu yerda qurilish va taʼmirlash ishlari amalga oshirilgan. 450 oʻrinli konsert zali, toʻgarak xonalari, sport zallari taʼmirlanib, zamonaviy jihozlangan. 

Davlatimiz rahbari jamiyat aʼzolari bilan muloqot qilib, ularning dardu tashvishlari, sohadagi kamchiliklarni soʻradi. 

Kar-soqov bolalarni oʻqituvchi mutaxassislar va surdotarjimonlar tayyorlash masalasiga eʼtibor qaratildi. 

Shavkat Mirziyoyev aholining mazkur qatlami savodxonligi, tarbiyasi, ishlashi, dam olish va davolanish sharoitlarini yaxshilash maqsadida alohida qaror tayyorlash boʻyicha topshiriq berdi.

Shaxmat boʻyicha jahon chempioni Sirojiddin Zayniddinov, taekvondo boʻyicha Osiyo chempionati sovrindori Davron Xidirov, yosh rejissyor Oleg Oshipenkoga Toshkent shahridan uy, madaniyat markazi uchun ikkita avtobus sovgʻa qildi.

Bilasizki, davlat xalqqa xizmat qiladi, degan tamoyilni oʻzimizga maqsad qilib olganmiz. Sizlar ham jamiyatimizning munosib aʼzosisizlar. Ushbu sohaga hamma sharoitlarni yaratamiz. Oʻzbekistondagi har bir odam men uchun qadrli, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlatimiz rahbarining 2018 yil 11 iyundagi “Aholining ijtimoiy zaif qatlami bandligini taʼminlashni ragʻbatlantirishning tashkiliy chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori asosida alohida toifadagi tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash, nogironligi boʻlgan shaxslarni mehnat faoliyatiga jalb etishga imtiyozlar berilgan.

Shu maqsadda Oʻzbekiston karlar jamiyati hududida tikuvchilik korxonasi tashkil etilgan. Unga 100 dan ziyod xotin-qiz ishga joylashtirilgan.

Prezidentimiz ushbu korxonani koʻzdan kechirdi, tikuvchi ayollar bilan suhbatlashdi. Amalga oshirilayotgan bunday ishlar izchil davom etishini, nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ish joylari tashkil etishga alohida eʼtibor qaratilishini taʼkidladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.