Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizdagi «Akfamedline» tibbiyot markazida boʻldi

0
109
marta koʻrilgan.
Prezidentimizning «Sogʻliqni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori xususiy tibbiyot muassasalari uchun keng imkoniyatlar yaratdi, deya xabar bermoqda Prezident.uz saytida. 

Poytaxtimizning Olmazor tumanida joylashgan «Akfamedline» tibbiyot markazi shunday maskanlardan biri. 

Mazkur tibbiyot markazi loyihasi joriy yil 21 aprel kuni taqdim qilingan boʻlib, davlatimiz rahbari uni zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash, bu yerda yuqori malakali mutaxassislar ishlashini tashkil qilish boʻyicha topshiriqlar bergan edi. Oʻtgan vaqt mobaynida qurib foydalanishga topshirilgan tibbiyot markazining umumiy maydoni 2 gektar boʻlib, 5 blokdan iborat. 12 qavatli zamonaviy bino 160 oʻrinli statsionarga ega. 

Xususiy tibbiyotni rivojlantirishga faqat poytaxtda emas, mamlakatimizning eng olis hududlarida ham katta eʼtibor qaratishimiz zarur, dedi Shavkat Mirziyoyev. Bu yerda xususiy tibbiyot mutaxassislari oʻquvini yoʻlga qoʻyishimiz kerak. Mazkur tibbiyot markazi xususiy sektorni rivojlantirish boʻyicha asosiy baza boʻladi. Koreya Respublikasi tajribasi asosida kadrlar tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻyish kerak. 

Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi sobiq profilaktoriysi oʻrnida tashkil etilgan mazkur tibbiyot markazi eng soʻnggi rusumdagi tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlangan. Koʻp tarmoqli markazda yuqori malakali mutaxassislar faoliyat yuritmoqda.

400 dan ortiq ish oʻrni yaratilib, chet davlatlardagi yetakchi tibbiyot markazlarida faoliyat yuritayotgan oʻzbekistonlik mutaxassislar ham jalb qilingan. Markazda ultratovush diagnostikasi, terapiya, ginekologiya, gastroenterologiya, diyetologiya, fizioterapiya, otorinolaringologiya, urologiya, pediatriya, kardiologiya, oftalmologiya, nevrologiya, endoskopiya, ortopediya, xirurgiya, neyroxirurgiya kabi yoʻnalishlarda xizmat koʻrsatilmoqda.

Xususiy tibbiyot markazlari qancha koʻp boʻlsa sohada raqobat boʻladi, raqobat bor joyda xizmat sifat yuqori boʻlib, narx arzonlashadi. Bu eng muhim jihatdir, dedi Prezidentimiz. Odamlar tibbiyot maskaniga uning chiroyli binosiga qarab emas, mutaxassislarning yuqori malakasi boʻyicha baho beradi. Bu markazda malaka oshirgan mutaxassislar viloyatlarga borib aholi salomatligini mustahkamlash yoʻlida samarali mehnat qilishi zarur.

Davlatimiz rahbari mamlakatimizda Janubiy Koreya tibbiyot instituti filialini tashkil etish boʻyicha topshiriq berdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.