Shavkat Mirziyoyev Qarshi tumanidagi “LT Textile International” xorijiy korxonasi faoliyati bilan tanishdi

0
142
marta koʻrilgan.

Prezidentimiz oʻtgan yil fevral oyida  Qashqadaryo viloyatiga tashrifi chogʻida begilab berilgan vazifalarga muvofiq qurilgan mazkur korxonaning birinchi bosqichi 2017 yil iyul oyida foydalanishga topshirildi. Bu yerga Germaniya va Shveysariyadan zamonaviy va energiyatejamkor toʻqimachilik asbob-uskunalar keltirib oʻrnatildi. 700 dan ortiq ish oʻrni yaratildi. 60 nafarga yaqin yoshlar Xitoyda kasb mahoratini oshirib qaytgan.  

Korxonada paxta tolasi qayta ishlanib, yiliga 22 ming tonna ip-kalava mahsuloti ishlab chiqarish imkoniyati mavjud. Mahsulotning asosiy qismini eksportga yoʻnaltirish koʻzda tutilgan. Oʻtgan davrda 4 ming 600 tonnadan ziyod paxta tolasi qayta ishlanib, 3,5 ming tonnadan ziyod ip-kalava eksport qilindi. 

Prezidentimiz korxona faoliyati bilan tanishdi, xorijlik investorlar bilan suhbatlashdi. Toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni ragʻbatlantirish, eksport faoliyatini rivojlantirish, ish oʻrinlarini koʻpaytirish boʻyicha topshiriqlar berdi. 

Shu yerda Qashqadaryo viloyatida tikuv-trikotaj sanoatini rivojlantirish dasturi taqdim etildi. Xususan, “LT Textile International” masʼuliyati cheklangan jamiyatini rivojlantirishning II va III bosqichlari doirasida amalga oshiriladigan ishlar loyihasi haqida maʼlumot berildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.