Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan loyihalar bilan tanishdi

0
71
marta koʻrilgan.
Qashqadaryo viloyatida 2018-2019 yillarda turizm infratuzilmasi obyektlarini barpo etish rejasiga koʻra 167 ta loyiha amalga oshiriladi.  Ularda tarixiy-madaniy obidalarni taʼmirlash, tarmoqni axborot texnologiyalari bilan taʼminlash koʻzda tutilgan. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati xabar qildi.
 
Davlatimiz rahbari sayyohlar uchun mehmonxonalar, dam olish va koʻngilochar hududlar tashkil etish, turistlarga milliy madaniyatimizni keng namoyish qilish zarurligini taʼkidladi.

Prezidentimizning «Tadbirkorlik foaliyati uchun soliq yukini kamaytirish, soliq toʻlovchilarni toʻliq qamrab olish hamda mahalliy byudjetlar daromadlari bazasini mustahkamlash chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori loyihasida koʻzda tutilgan takliflar,  Qashqadaryo viloyati boʻyicha asosiy iqtisodiy koʻrsatkichlar va soliq toʻlovchilar soni, yirik korxonalar tomonidan byudjetga toʻlanadigan toʻlovlar, joriy yilgi prognoz koʻrsatkichlar haqidagi maʼlumotlar keyingi taqdimotda namoyish etildi.

Shavkat Mirziyoyev aholining dunyoqarashini oʻzgartirish, soliq bazasini kengaytirish evaziga byudjetga tushumlarni koʻpaytirish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.

Qashqadaryo viloyatida ichimlik suv taʼminotini yaxshilash, Toshguzar-Shahrisabz-Kitob  temir yoʻlini modernizatsiya qilish va elektrlashtirish ishlari toʻgʻrisida maʼlumot berildi.

Prezidentimiz joriy yil 1 avgustgacha  «Afrosiyob» poyezdi qatnovini Shahrisabzgacha yoʻlga qoʻyish boʻyicha koʻrsatma berdi.

Shahrisabz shahar va tumanida mehnat bozorini barqarorlashtirish, ishsizlarni kasbga oʻqitish masalalariga ham alohida eʼtibor qaratildi.

Shavkat Mirziyoyev barcha loyihalar yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.