Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax shahri Zargarlik mahallasida aholi bilan suhbatlashdi.
Hamma joyda oʻzim yurganimning sababi – boshqa rahbarlar ham pastda yurishi, hayotni oʻrganishi, oyogʻi yerdan uzilmay, xalqqa xizmat qilishi uchun. Jizzaxga ham viloyatni rivojlantirish, odamlarga har tomonlama sharoit yaratish boʻyicha koʻpdan-koʻp rejalar bilan keldik, dedi davlatimiz rahbari.
Barcha tumanlarda foydalanilmagan imkoniyatlarni ishga solish, Forish tumanida suv ombori qurish orqali qishloq xoʻjaligini rivojlantirish, lalmi hududlarni uzumchilikka ixtisoslashtirish, “Obod qishloq” dasturi asosida qishloqlardagi ahvolni yaxshilash, tomorqalardan foydalanishni kengaytirish masalalari haqida soʻz yuritildi.
Koʻryapsizlar, koʻp tizimlarni oʻzgartiryapmiz, odamlarga oson boʻlishi uchun hamma choralarni koʻryapmiz, dedi Shavkat Mirziyoyev. Odamlar ham oʻzi uchun harakat qilishi, davlat yaratayotgan imkoniyatlardan foydalanishi kerak.