Shavkat Mirziyoyev «Samarkand city» qurilishiga doir loyihalar bilan tanishdi

0
77
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 18 avgust kuni Samarqandda shahar infratuzilmasini rivojlantirishga doir loyihalar bilan tanishdi.

Maʼlumki, Amir Temur koʻchasining ikki yonida qariyb 14 gektar maydonda «Samarkand city» bunyod etish rejalashtirilgan. 2017-2020 yillarga moʻljallangan tadbirlar dasturi doirasida amalga oshirilayotgan mazkur loyiha Samarqandning turistik salohiyatini zamon talablari darajasiga koʻtarishga qaratilgan. Bugungi kunda xorijlik investorlar jalb etilib, bir nechta shartnoma va bitimlar imzolangan.

Samarqandning hozirgi sayyohlik salohiyati tarixiy qadamjolar hisobiga. «Samarkand city» zamonaviy turizm markazi boʻladi. Dunyoda nimaiki xizmat turlari boʻlsa, bu yerda muxayyo boʻlishi kerak. Bu yerdagi inshoot va koʻngilochar maskanlar muntazam ishlashi, xarajatni oqlab, daromad keltirishi zarur, dedi Shavkat Mirziyoyev. 

Prezidentimiz Samarqand shahri Bosh rejasini xorijlik mutaxassislar bilan birgalikda loyihalashtirish, katta mehmonxonalar bilan birga sayyohlar uchun kichik-kichik otellar ham bunyod etish zarurligini taʼkidladi.

Samarqandda yoʻllar, binolar, transport infratuzilmasi, oʻrindiqlargacha — hamma-hammasi chuqur oʻylanishi, insonlar uchun qulay boʻlishi lozim, dedi davlatimiz rahbari, deya xabar beriladi prezident. uz saytida.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.