Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23 noyabr kuni “Chong Va De” (“Moviy saroy”)da “Saroy javohiri” serialida Tangem obrazini yaratgan Li Yong E bilan uchrashdi. Bu haqda Janubiy Koreya matbuotiga asoslanib Daryo.uz xabar beradi.
Shavkat Mirziyoyev va uning rafiqasi Ziroatxon Mirziyoyeva sharafiga Janubiy Koreya Prezidenti qarorgohida uyushtirilgan kechki ovqatda sanʼat va madaniyat arboblari qatorida oʻzbek tomoshabinlariga “Saroy javohiri” serialidagi Tangem obrazi orqali yaxshi tanish boʻlgan 46 yoshli aktrisa Li Yong E ham tashrif buyurgan.
Xabarda yozilishicha, kechki ovqat vaqtida Tangem tayyorlagan ovqatlardan biri mehmonlarga tortilgan. Tadbirda serialdagi “Onara” qoʻshigʻi ham ijro etilgan.