Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlarning takliflarini maʼqulladi

0
101
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan shahrida tashkil etilayotgan «Orzu» kichik sanoat zonasiga tashrif buyurdi. 

Qariyb 10 gektar maydonni egallagan ushbu hududda 22 loyihani amalga oshirish moʻljallangan. Yengil sanoat va oziq-ovqat mahsulotlari, elektr jihozlari, tibbiyot va poligrafiya tovarlari ishlab chiqarish korxonalari tashkil etish orqali dastlabki bosqichda 2 ming 250, ikkinchi bosqichda 1 ming 700 kishini ish bilan taʼminlash rejalashtirilgan. Sanoat zonasida ishlash istagidagi korxonalarning hammasi oʻz tarmogʻida tajribaga va hamkorlarga ega subyektlardir.

Davlatimiz rahbari mazkur korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni koʻzdan kechirdi, ularning sifati va bozori bilan qiziqdi.

Muloqot asnosida tadbirkorlar oldida turgan muammolarni hal etish, xomashyo olish va mahsulotini sotishga koʻmaklashish boʻyicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi. Xorijiy texnologiyalarni olib kelish uchun mablagʻ ajratish, eksportni kengaytirish uchun korxonalarga xalqaro maqom berish zarurligini taʼkidladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.