Shavkat Mirziyoyev “Talko-Krantas” maxsus texnikalar zavodi taqdimoti bilan tanishdi

0
124
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Prezident Emomali Rahmon hamrohligida Tursunzoda shahridagi “Talko” davlat unitar korxonasi bilan tanishdi.  

Ushbu zavod 1975 yilda qurilgan. 2007 yilda “Tojikiston alyuminiy kompaniyasi” davlat unitar korxonasiga aylantirilgan. Bugungi kunda “Talko” togʻ-kon va kimyo-metallurgiya sohalarida koʻplab korxonalarni birlashtirgan.

Joriy yil iyul oyida Oʻzbekistonning «Krantas grupp» masʼuliyati cheklangan jamiyati bilan Tojikiston alyuminiy kompaniyasi hamkorligida «Talko-Krantas» maxsus texnikalar zavodi tashkil etildi. Mazkur qoʻshma korxonada avtokranlar, traktor pritseplari, yarimtirkamalar va boshqa maxsus texnikalar ishlab chiqariladi.

Oʻzbekiston va Tojikiston Prezidentlarining tashrifi chogʻida ushbu istiqbolli loyiha taqdimoti oʻtkazildi. 

Davlatimiz rahbari Tojikiston alyuminiy kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.