Shavkat Mirziyoyev: Toshkent shahri mahalliy byudjetida bu yil 1,5 trillion soʻm mablagʻ qoldiriladi

0
93
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10 avgust kuni Shayxontohur tumani iqtisodiyotini rivojlantirish, uy-joy-kommunal sohadagi muammolarni hal qilish boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi.

Mamlakatimizda ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish uchun respublika byudjetidan yetarli mablagʻ ajratilmoqda. Prognozdan oshgan soliq tushumlari mahalliy byudjetlar ixtiyorida qoldirilib, ularni sarflash boʻyicha mahalliy hokimliklarga keng vakolatlar berilmoqda. 

Masalan, joriy yilda Toshkent shahrida prognozga nisbatan 2 trillion soʻmga koʻp soliq tushib, mahalliy byudjetda 1,5 trillion soʻmi qolishi kutilmoqda. Bu 2017 yilga nisbatan 10 barobar koʻpdir.

«Toshkentga hech qachon buncha pul berilmagan. Biz nega 1,5 trillion soʻmni shaharning oʻzida qoldiryapmiz? Toʻplanib qolgan muammolarni hal qilish uchun, odamlarning maishiy sharoitlarini yaxshilash, uy-joylar, bogʻchalar qurish, ish oʻrinlari yaratish uchun. Endi joylardagi rahbarlar ham oʻzini qiynashi, sadoqat bilan ishlashi kerak. Chetdan kelib hech kim hech qachon qilib bermaydi» dedi Prezidentimiz, deya xabar beriladi prezident. uz saytida.


Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.