Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi harbiy qismga tashrif buyurdi

0
193
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni Shavkat Mirziyoyev 28 iyul kuni Toshkent shahri Mirobod tumanidagi harbiy qismga tashrif buyurdi, deya xabar beriladi prezident. uz saytida.  

Davlatimiz rahbariga harbiy qismda amalga oshirilgan taʼmirlash ishlari, mudofaa tizimidagi aloqa tarmoqlarini modernizatsiya qilish, jangovar va oʻquv-tayyorgarlik jarayonini avtomatlashtirishga doir loyihalar haqida maʼlumot berildi.

Mudofaa tizimida eng asosiysi — aloqa. Bu tizimni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan taʼminlash, aloqa xavfsizligini chuqur biladigan mutaxassislar tayyorlash boʻyicha yangi strategiya ishlab chiqish kerak, dedi Shavkat Mirziyoyev. 

Askarlar orasidan texnik-muhandislik qobiliyatga ega yoshlarni saralab olish, aloqachi mutaxassislar tayyorlashga ixtisoslashgan oʻquv yurtlaridagi taʼlim va amaliyot dasturini takomillashtirish, harbiylarni zamonaviy raqamli texnologiyalar boʻyicha oʻqitish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Davlatimiz rahbari mudofaa vazirligi qoʻshinlarida mavjud aloqa texnikalari namunalari bilan ham tanishdi. Harbiy qismda askarlarning xizmatni oʻtashi uchun yaratilgan sharoitlarni koʻzdan kechirdi, ular bilan suhbatlashdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.