Afrosiyob moʻgʻullar istilosigacha gullab-yashnagan qadimiy qalʼadir. Muzeyda ushbu shaharning miloddan avvalgi birinchi ming yillikning oʻrtalaridan XIII asrning boshlarigacha boʻlgan tarixini yorituvchi eksponatlar namoyish etilgan.
Emomali Rahmonga Afrosiyob qalʼasi va muzeydagi eksponatlar tarixi, Samarqandning qadimiy oʻtmishi haqida maʼlumot berildi, deya xabar beriladi prezident. uz saytida.