Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov “Ulli hovli” majmuasida boʻldi

0
107
marta koʻrilgan.

Oʻzbeklar va turkmanlar qadimdan yonma-yon, hamjihat yashab kelgan. Xiva xonligi davrida turkmanlar uchun qishloqlar, uy-joylar barpo etilgan. Urganch tumanidagi “Ulli hovli” majmuasi ana shunday tarixiy obidalardan biridir.

Oʻn yettinchi asrda qurilgan majmuada qadimiy hovlilar, turkman madaniyatiga oid osori-atiqalar, ularni oʻrab turgan qoʻrgʻon saqlanib qolgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan bu yerda taʼmirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Yigirma oʻrinli mexmonxona qurildi. Turkman oʻtovlari oʻrnatildi. Sayyohlik va ziyorat turizmi uchun barcha sharoit yaratildi. 

Oʻzbekiston va Turkmaniston Prezidentlari “Ulli hovli”ni tomosha qildi. 

Shu yerda oʻzbek va turkman mumtoz qoʻshiqlaridan namunalar ijro etildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.