Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1 oktyabr kuni Nyu-Dehlida Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi bilan tor doirada uchrashuv oʻtkazdi.
Muloqot chogʻida Oʻzbekiston bilan Hindiston oʻrtasidagi munosabatlarni har tomonlama mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashildi.