Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan shahar davlat xizmatlari markazida boʻlganida haydovchilik guvohnomasi berish jarayonini bevosita kuzatdi.
Maʼlumki, yurtimizda haydovchilik guvohnomalari yangi namunadagisiga almashtirilmoqda. Bu guvohnomalarga ID maqom berilgan. Yaʼni, ularga mikrochip oʻrnatilgan boʻlib, shaxsning pasport maʼlumotlari kiritiladi. Pasport boʻlmaganda shaxsni tasdiqlovchi hujjat oʻrniga oʻtadi.
Davlatimiz rahbari haydovchilik guvohnomasi almashtirish tizimini yuqori baholadi.