Shavkat Mirziyoyev yengil sanoat korxonalarini borib koʻrdi

0
227
views

Prezident Shavkat Mirziyoyev Uchqoʻrgʻon tumanidagi «Uzteks Uchqoʻrgʻon» va «Uchqoʻrgʻon tekstil» qoʻshma korxonalari faoliyati bilan tanishdi.

Davlatimiz rahbarining avvalgi tashrifida belgilangan vazifalar doirasida bu yerda modernizatsiya va diversifikatsiya loyihalari amalga oshirilgan. Germaniya, Shveysariya, Belgiya va Turkiya kabi davlatlardan zamonaviy texnologiyalar keltirib oʻrnatilgan. Ip, kalava, sochiq va bir necha turdagi kiyim-kechaklar ishlab chiqarilayotgan korxonalarning har birida yiliga 30 million dollarlik eksport yoʻlga qoʻyilgan.

«Uzteks Uchqoʻrgʻon» korxonasida 300, «Uchqoʻrgʻon tekstil» 800 ish oʻrni yaratilgan. 

Joriy yil sentyabrda bu yerda shu yoʻnalishdagi yana bir korxona — «Tekstil finans Namangan» shirkatini ishga tushirish rejalashtirilgan. 

Shavkat Mirziyoyev korxonalarning ish jarayonini koʻzdan kechirdi. Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, mahsulotlar turini kengaytirish, fermer xoʻjaliklari bilan klaster usulida ishlash boʻyicha koʻrsatmalar berdi.

 

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here