Shavkat Mirziyoyev yozuvchilar uyiga tashrif buyurdi

0
133
marta koʻrilgan.

Davlatimiz tomonidan ijodkorlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilayotgan eʼtibor natijasida Milliy bogʻ yonidagi soʻlim maskanda Adiblar xiyoboni, Yozuvchilar uyushmasining yangi binosi barpo etilgan edi. Ushbu xiyobon roʻparasida qurilayotgan mazkur uy-joylar yozuvchi va shoirlarga beriladi. Uyning birinchi qavatida 60 oʻrinli maktabgacha taʼlim muassasasi va oilaviy poliklinika tashkil etiladi.

Shavkat Mirziyoyev qurib bitkazilgan xonadonlardan birini va maktabgacha taʼlim muassasasini kirib koʻrdi. Oilalarning tinch-farovon yashashi, bolalarning barkamol boʻlib ulgʻayishi uchun zarur sharoitlarni yaratish boʻyicha topshiriqlar berdi.

Shu yerda Toshkent shahri tumanlarida zamonaviy turar joy majmualari, ishbilarmonlik markazlari, dam olish maskanlari va sayilgohlar qurish, jamoat transporti xizmatini yaxshilash boʻyicha loyihalar taqdimoti oʻtkazildi.

Davlatimiz rahbari mutasaddilarga loyihalarni takomillashtirish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.

Prezidentimiz Boʻzsuv kanali boʻylab qurilgan soʻlim sayilgohni ham koʻzdan kechirdi,deya xabar beriladi prezident. uz saytida.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.