Shavkat Mirziyoyev zamonaviy yigiruv korxonasini koʻzdan kechirdi

0
137
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Gʻijduvon tumanidagi «Parvoz Xumo Ravnaq Trans» masʼuliyati cheklangan jamiyatining ip yigiruv va toʻquv korxonasini borib koʻrdi.

Qishloq xoʻjaligini diversifakatsiya qilish, xomashyoni yurtimizda qayta ishlashni kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida ushbu korxona qurilishiga zarur sharoit yaratildi. Germaniya, Turkiya, Shveysariya va Yaponiyadan zamonaviy texnologiyalar olib kelib oʻrnatildi. Joriy yil yanvarda ishga tushirilib, 350 ta ish oʻrni yaratildi. Korxona yiliga 9400 tonna mahsulot ishlab chiqarish, 5 million dollarlik eksport qilish quvvatiga ega.

Bu loyihaning birinchi bosqichi boʻlib, ikkinchi bosqichda ishlab chiqarish quvvati yanada kengaytirilishi, eksport yiliga 51 million dollarga, ish oʻrinlari 1 ming 250 taga yetkazilishi rejalashtirilgan.

Shavkat Mirziyoyev korxonada ishlab chiqarish jarayonini koʻzdan kechirdi. 

Shu yerda Buxoro viloyatida 2019-2020 yillarda sanoat sohasida amalga oshiriladigan, shuningdek, mamlakatimizning Xitoy, Indoneziya va Isroildagi elchixonalari tomonidan taklif etilgan loyihalar taqdimoti oʻtkazildi. Ularga muvofiq, viloyatda paxta, meva-sabzavot, teri, jun va kimyo mahsulotlarini qayta ishlash hajmini koʻpaytirish, sanoat salohiyatini 3 barobar oshirish, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar jalb etish rejalashtirilgan. Infratuzilmani rivojlantirish, yoʻllarni taʼmirlash, ichimlik suvi tarmoqlari barpo etish loyihalari ishlab chiqilgan. 

Prezidentimiz har bir loyihaning moliyaviy, tashkiliy jihatlariga alohida eʼtibor qaratib, ular yuzasidan mutasaddilarga koʻrsatmalar berdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.