Shofirkondagi yangi korxonada mingdan ortiq ish oʻrni yaratildi

0
85
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Shofirkon tumanidagi “Buxara Azteks” tikuvchilik korxonasi faoliyati bilan tanishdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Ilgari bu tumanda sanoat umuman yoʻq edi. Qishloq xoʻjaligidagi yangilanishlar, klaster tizimi natijasida bu yerda ham sanoat paydo boʻldi. Hozir birgina paxtadan ip, kalava, mato, tayyor kiyimlar, chigitdan yogʻ, sovun, ozuqa va boshqa oʻnlab mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.

“Buxara Azteks” ana shunday zamonaviy korxonalardan. Bu yerda paxta yetishtirish va uni chuqur qayta ishlashning toʻliq zanjiri yoʻlga qoʻyilgan. Shu bois mahalliylashtirish darajasi 100 foizga yetgan.

Loyihaning qiymati 8,7 million dollar. Uskunalar Yaponiya, Germaniya va Turkiyadan keltirib oʻrnatilgan. Ming nafardan ortiq kishi ish bilan taʼminlangan.

Korxonada yiliga 16 million dona tayyor tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqariladi. Ularning 50 foizini xorijga eksport qilish moʻljallangan.

Davlatimiz rahbari korxonada tayyorlanayotgan mahsulotlar sifatini koʻzdan kechirdi, ishchilar bilan muloqot qildi.

Yana bir muhim jihati, korxona tomiga quyosh panellari oʻrnatilgan. Prezident bu kabi zamonaviy korxonalarni koʻpaytirish, aholi bandligini taʼminlash yuzasidan mutasaddilarga koʻrsatma berdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.